AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda qotillik sodir etib, jasadni uyiga yashirgan shaxs ushlandi

'Qoraqalpog`istonda qotillik sodir etib, jasadni uyiga yashirgan shaxs ushlandi'ning rasmi

4 iyun kuni Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi A.U.ning uyidan boshida jarohatlari bilan ayol kishining jasadi topilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ko`rilgan choralar natijasida jasad R.U. ismli ayol ekanligi va ushbu jinoyatni uy egasi A.U. sodir etganligi aniqlangan.

Gumondor shaxs qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar