Joriy yilning 10 iyunidan boshlab namunaviy tarzda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida “Har bir oila – tadbirkor” hududiy dasturi amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, Andijon viloyati hokimi joriy yilning 10 iyuniga qadar mazkur qarorda ko`rsatilgan ishchi guruhlarni tuzadi.
Hududiy dasturda ko`zda tutilgan vazifalarni moliyaviy ta`minlash maqsadlariga O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi tomonidan jalb qilinadigan xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag`lar ajratiladi.
Dastur koordinatorlari mazkur mablag`larni tumanlar (shaharlar) salohiyati, kelib tushgan murojaatlarning asoslanganligi, shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo`shimcha ish o`rinlari yaratishga yo`naltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Andijon viloyati tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlaydi hamda ularga zarur hollarda qayta taqsimlash vakolati beriladi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu kredit mablag`larini Dastur koordinatorlari taqsimotiga asosan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tijorat banklariga yillik 3 foiz to`lov sharti bilan qayta moliyalashtiradi.
08.06.2018 05:24
“Har bir oila – tadbirkor” Dasturi Andijondan boshlanadi






