2018 yil 6 iyun kuni Uchko`prik tumanida Farg`ona viloyati sudlari hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Farg`ona viloyat Kengashi o`rtasida imzolangan Memorandumga muvofiq “Sud va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi.

O`tkazilgan uchrashuvda jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining raisi Mirzajonov Murodjon Kodirovich, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Farg`ona viloyat Kengashi raisi Akbarov Axadjon Ibrohimovich, jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining sudyasi Xaliknazarova Dilnoza Anvarovna, Uchko`prik tuman sudining raisi Mirzajonov Nodirbek Rustamovich, Buvayda tuman sudining raisi G`aniev Farhodjon Boqijonovich va shu sud sudyasi Mehmonaliev Umidjon G`ayratovich, Qo`qon shahar sudining sudyasi Eshmatov Sherzod Namozovichlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, uchrashuvda ittifoqning Qo`qon shahar, Bog`dod, Buvayda, Rishton, Oltiariq, Uchko`prik, O`zbekiston tuman Kengashi raislari, ushbu hududlardan tashrif buyurgan faol yoshlar, fidoiy etakchilar, ota-onalar hamda OAV vakillari qatnashdi.
“Sud va yoshlar uchrashuvi”da sudyalar tomonidan yoshlar o`rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar tahlili, jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari ko`rsatilib, ularni oldini olish choralari yuzasidan ma`ruzalar qilindi. Bu borada ayniqsa uyushmagan yoshlar o`rtasidagi targ`ibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi alohida ta`kidlab o`tildi.
Ochiq muloqot tarzida o`tkazilgan uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga, yoshlarning huquqiy masalalardagi muammolari yuzasidan berilgan savollarga sudyalar tomonidan atroflicha tushuntirish berildi.
Bundan tashqari uchrashuv mobaynida o`z yo`lidan adashib jinoyat sodir etgan 4 nafar yoshlarga oid jinoyat ishi Buvayda tuman sudining raisi F.G`aniev tomonidan sayyor sud majlisida ko`rib chiqildi va yoshlarning guvohligida ularga nisbatan hukm o`qib eshittirildi.

Sud tomonidan bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 4 nafar yoshlarga jazo tayinlashda ularning muqaddam sudlanmaganligi, yoshligi, aybiga to`liq iqror va qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligi, jabrlanuvchining ularga nisbatan hech qanday da`vosi yo`qligi, oilaviy sharoiti hamda Yoshlar ittifoqi Uchko`prik tuman kengashining kafilligi inobatga olinib, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlandi va sud zalidan qamoqdan ozod qilindi. jazo ta`yinlashda qonuniy engillik berilishi so`raldi va ularni yoshlar ittifoqi kafilligiga olindi.

Sud tomonidan adolatli sud qarori qabul qilinib, farzandlarini yoshlar ittifoqi kafilligini inobatga olgan holda sud zalidan ozod etilib, ularga yana bir bor imkon berilishidan ularning ota-onalari, yaqin qarindoshlari ko`z yoshlarini yashira olishmadi. Farzandlari taqdiriga befarq bo`lmasdan ularni muntazam nazoratga olib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo`shadigan farzand qilib tarbiyalashga keng jamoatchilik oldida vada berishdi hamda “bir umr Prezidentimiz va halqimizdan qarzdormiz deya” ichlaridagi tug`yonni bildirib o`tishdi.
Shu bilan birga ota-onalar bugungi kunda sudlarda adolat qaror topayotganligini, Yoshlar ittifoqi yoshlarning chinakam tayanchi va suyani bo`layotganliginie`tirof etishdi.






