AsosiyJamiyat

Boysun tumanida mehmon uylar tashkil etildi

'Boysun tumanida mehmon uylar tashkil etildi'ning rasmi

Qishloqlarning jozibadorligini oshirish ziyorat turizmi yo`nalishi sifatida mehmon uylarini barpo etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradi. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida mehmon uylarini tashkil etgan va tashkil etishni rejalashtirganlar uchun olti kunlik o`quv seminarlari o`tkazildi. Keyingi seminarlar Toshkent viloyatida bo`lib o`tadi.

Seminarlar Evropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun biznes uyushmalari orqali qishloq va ekoturizmni mustahkamlash” loyihasi doirasida O`zbekiston xususiy turistik tashkilotlari uyushmasi tomonidan o`tkazilmoqda. Olti kunlik mashg`ulotlar xususiy mehmon uylari egalarining ishga bo`lgan munosabatini o`zgartiradi: endi ular o`z tushunchalariga emas, balki eng ilg`or tajribaga tayanishadi.

Olti kun mobaynida seminar qatnashchilariga mehmon uylarini qanday tashkil etish: biznes-rejani ishlab chiqish, tadbirkorlik sub`ektini davlat ro`yxatidan o`tkazish, mehmonlarni qabul qilishga tayyorgarlikni yakunlashlar so`zlab berildi.

Uchrashuvlarda eng keng qamrovli masalalar ko`rib chiqilmoqda. Mehmonxonani qanday qurish va jihozlash. Mehmonxona hodimlari nimalarni bilishlari kerak? Mehmonlarni qabul qilish uchun uy qanday tayyorlanadi?

Mehmonlarni qanday ovqatlantirish kerak? Dasturda ushbu masalalar alohida diqqatga sazovordir. Nafaqat taom tayyorlashga, qolaversa, dasturxonni to`g`ri tuzashga ham katta e`tibor beriladi.

Mehmonxona uyi – nafaqat qo`nalga va shirin taomlar pishiriladigan maskan. Bu erda turistlarning bo`sh vaqtini maroqli o`tkazish borasida ham qayg`urishadi. Ishtirokchilar bo`sh vaqtni qanday o`tkazishni tashkillashtirish bo`yicha to`liq ma`lumot oldilar.

Seminar yakunida har bir ishtirokchi o`z biznes-rejasini ishlab chiqdi. Har bir qatnashchida uni trener bilan muhokama qilish imkoni bo`ldi.

Natijada Boysun tumanidagi har bir mehmon uyi rivojlanish uchun individual yo`l xaritasiga ega bo`ldi va ularning har biri alohida o`ziga xos xislat bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar