1

G`uzordagi avtomashinalar jarima maydonchasida "Matiz" yonib ketdi

Jinoyat 11.06.2018, 14:34
G`uzordagi avtomashinalar jarima maydonchasida "Matiz" yonib ketdi

Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanida 9 iyun kuni Mustaqillik ko`chasida joylashgan avtomashinalar jarima maydonchasida saqlanayotgan “Matiz” rusumli avtomashinasida yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Yong`in oqibatida “Matiz” avtomashinasi to`liq yonib zarar ko`rgan va uning yonida turgan “Epika” rusumli avtomashina, hamda “Kobalt” rusumli avtomashinalari issiqlik ta`siridan qisman zarar ko`rgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, jarohat olganlar yo`q.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1