1

Farg`ona va samarqandlik talonchilar jinoiy guruhi Toshkentda qo`lga olindi

Jinoyat 11.06.2018, 14:57
Farg`ona va samarqandlik talonchilar jinoiy guruhi Toshkentda qo`lga olindi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida fuqaro K.U. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda u shu yil 4 iyun Toshkent tumanida joylashgan “G`ishtko`prik” chegara posti orqali Qozog`iston Respublikasidan O`zbekiston Respublikasiga o`tib u erda noma`lum shaxs boshqaruvidagi davlat raqamlari aniqlanmagan oq rangli “Neksiya” rusumli avtomashinaga yo`lovchi sifatida o`tirib ketayotib, Qibray tumaniga etib kelganlarida haydovchi avtomashinani to`xtatib, K.U.ga tegishli ichida “Dell” rusumli noutbuki, hisobida 2 ming Qozoq tangasi bo`lgan plastik kartasi, “Samsung” mobil telefoni va kiyim-kechaklari bo`lgan chamadoni hamda ayollar sumkasini olib qo`yib, uni avtomashinadan tushirib yuborib voqea joyidan yashiringani haqida shikoyat qilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg`ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan N.Yu. va Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida yashovchi D.R. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1