AsosiyJinoyat

Xorazmda «Damas Labo» uchun 500 dollar va 61 mln so`m olgan firibgar qo`lga olindi

'Xorazmda «Damas Labo» uchun 500 dollar va 61 mln so`m olgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shovot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro B. fuqaro Yo.ga Damas Labo rusumli avtomashinani «ToshkentDEU» avtosalonidan olib berishni va`da qilib, o`g`li X. nomiga rasmiylashtirilgan qalbaki shartnomani tayyorlab bergani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.

U buning uchun 500 AQSh dollari va 61,5 million so`mni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritadi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar