1

Avtomashina olib berishni va`da qilgan yana bir firibgar ushlandi

Jinoyat 11.06.2018, 17:25
Avtomashina olib berishni va`da qilgan yana bir firibgar ushlandi

GM Uzbekistan‘da ishlab chiqarilgan avtomashinalarni olib berishni va`da qilib, pora olgan navbatdagi firibgar qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, mahkama huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Marhamat tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig`i A. fuqaro Z.ga “Neksiya-3” avtomashinasini 15 kun muddatda tanishi B. orqali avtosalondan chiqarib berishi evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olib, fuqaro B.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A. va B.larga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, oldinroq Xorazmda shunga o`xshash holat aniqlangandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1