1

O`rgangan ko`ngil o`rtansa qo`ymas yoki firibgarning 10-firibi

Jinoyat 12.06.2018, 10:01
O`rgangan ko`ngil o`rtansa qo`ymas yoki firibgarning 10-firibi

Jinoyat ishlari bo`yicha Jizzax viloyati sudining Jizzax shahrining “Jizzaxlik” mahalla mahalla fuqarolar yig`ini idorasida o`tkazilgan sayyor sud majlisida muqaddam to`qqiz marta firibgarlik jinoyati bilan sudlangan A.U. o`ninchi marta ushbu ish bo`yicha jazolandi.

Bu safar u Jizzax shahar "Zilol” mahallasi hududida birovlarga tegishli bo`lgan har biri 6 sotixdan 2 ta er uchastkasini boshqa birovlarga sotib yubordi. Savdolashishda oldi-sotti hujjatlarini rasmiylashtirib berishni zimmasiga olgan uddaburon A.U. bu ishning ham uddasidan chiqdi. Xaridorlarning qo`liga o`zi kompterda tayyorlagan soxta hujjatlarni tutqazib 15 million so`m pulni sanab oldi.

Albatta, er uchastakasi oldi-sottisidek ancha murakkab ish agar "Ibrat Rieltor Servis” MChJ da mutaxassis bo`lib ishlovchi E.K. va muqaddam sudlangan A.S.yordam bermaganida balki amalga oshmasmidi. Biroq firibgarlar to`dasi har qancha harakat qilmasin, jinoyat biribir ochildi.

Sud jinoyat ishi bo`yicha etkazilgan jami 16.500.000 so`mlik moddiy zarar to`liq qoplanganligini inobatga olib, A.U ga 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi. Uning ikki sherigiga ham qonuniy jazo qo`llandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1