AsosiyJamiyat

Poytaxt gerbini o`zgartirish va shahar BRENDini ishlab chiqish taklifi bildirildi

'Poytaxt gerbini o`zgartirish va shahar BRENDini ishlab chiqish taklifi bildirildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligida poytaxt infratuzulmasini o`zgartish, yanada obod qilish, zamonaviy megapolis shaharga aylantirish yuzasidan bo`lib o`tayotgan yig`ilishda shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo`jaev poytaxt gerbini o`zgartirishni taklif qildi, deb yozmoqda O`zA.

Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari, tuman hokimlari, mahalla faollari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda J.Ortiqxo`jaev “gerb va boshqa ramziy belgilarini almashtirish bilan birga mazkur ramzlar shahar bo`y-bastini, buguni va kelajagini anglatishi lozimligini” aytdi.

Shuningdek, mazkur ramzlarni xalq orasida ommalashtirish uchun targ`ib qilish kerakligini, ezgu g`oyalari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish lozimligini ta`kidladi.

Xozirda Toshkent ramzlari aynan qaday bo`lishi haqida aniq takliflar yo`q.

    Boshqa yangiliklar