1

Namanganda velosipedchining hayotiga zomin bo`lgan haydovchi qidirilmoqda

Jinoyat 13.06.2018, 16:41
Namanganda velosipedchining hayotiga zomin bo`lgan haydovchi qidirilmoqda

Joriy yilning 12 iyun kuni Namangan viloyatining Uchqo`rg`on tumanida kechki soat 22:15larda, noma`lum shaxs o`z avtomashinasini «Uchqo`rg`on-Xaqulobod» yo`lida boshqarib ketayotib Uchqo`rg`on tumani “Mug`ol” MFYda yashovchi Anvar Ergashevni o`z velosipedida ketayotgan vaqtda urib yuborgan va jabrlanuvchiga yordam bermay voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida navqiron yoshdagi Anvar Ergashev voqea joyida vafot etgan. Natijada ota-ona farzandsiz, bir ayol beva, 3 yoshli qizaloq esa otasiz qoldi.

«Hurmatli fuqarolar, orangizda kimdir ana shu holatga guvoh bo`lgan bo`lsa yoki haydovchi haqida qandaydir ma`lumotga ega bo`lsa, ichki ishlar xodimlariga yoki “102” telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, bilgan ma`lumotlaringiz haqida xabar berishingizni so`raymiz. Unutmang, bu bilan siz yurtimizda yana yuz berishi mumkin bo`lgan shu kabi holatlarning oldi olinishiga o`z hissangizni qo`shgan bo`lasiz", - deyiladi IIV xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1