AsosiyJinoyat
6903

Samarqandda firibgarlik qilgan shahrisabzlik ayol qo`lga olindi

'Samarqandda firibgarlik qilgan shahrisabzlik ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyatida xonadonlarga kirib, firibgarlik bilan shug`ullanib yurgan ayol qo`lga olindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2016 yil 18 may kuni noma`lum ayol viloyatning Nurobod tumanidagi "Girdiqirg`on" mahallasida yashovchi uy bekasi D.T. ismli ayolning uyiga kelib, uni aldash yo`li bilan ishonchiga kirib, 250 ming so`m puli va 6 turdagi zargarlik buyumlarini olib ketgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi uy bekasi F.M. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar