1

18 yil davomida o`z farzandini ko`rmagan otaga nisbatan sud hukmi o`qildi

Jinoyat 25.06.2018, 11:16
18 yil davomida o`z farzandini ko`rmagan otaga nisbatan sud hukmi o`qildi

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 64-moddasiga ko`ra ota-onalar o`z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar deb belgilangan.

Lekin jamiyatimizda shunday fuqarolar borki, ular o`z farzandlarini moddiy ta`minlashdan qasddan bo`yicha tovlab kelishmoqda.

Xususan, sudlanuvchi R.S ga nisbatan fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2003 yil 16 dekabr kungi qaroriga muvofiq jabrlanuvchi A.S foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining ta`minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarning to`rtdan bir qismi miqdorida aliment to`lovi undirish belgilangan bo`lsada, sudlanuvchi R.S 2010 yil 1 sentyabr kunidan 2018 yil 1 aprel kuniga qadar 91 oy mobaynida, jami 26.771.290 so`m aliment to`lovini to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelgan.


Jabrlanuvchi A.Sning qayd etishicha, sudlanuvchi R.S 1996 yilda turmush qurishib, 2000 yilda o`zaro oilaviy kelishmovchilik tufayli ajrishib ketishgan, 2000 yil 1 may kuni farzandi T.M tug`ilganida R.S uni tug`ruqxonadan qizlik uyiga olib borib qo`ygan. 2003 yil dekabr oyida voyaga etmagan farzandini R.S moddiy tomondan ta`minlashi uchun sudga murojaat qilgan va fuqarolik ishlari bo`yicha sudning qaroriga bilan R.Sdan voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun har oyda barcha daromadining to`rtdan bir qismini to`lashi belgilangani, lekin R.S voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun 2010 yil 1 sentyabr kunidan 2018 yil 1 aprel oyiga qadar to`lashi lozim bo`lgan 26.771.290 so`mni to`lmasdan kelgan. Hozirga kelib farzandi voyaga etgan, lekin farzandi voyaga etgunga qadar sudlanuvchi R.S uni biror marta ham ko`rish uchun kelmagan va uning holidan xabar olmagan.


Sudlanuvchi R.S sud muhokamasida aybiga to`liq iqror va qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini bildirib ko`rsatuv bergan.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan R.Sni ayblash haqidagi jinoyat ishi Quva tumani, Iftihor mahalla fuqarolar yig`ini binosida, ochiq sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo`yicha Quva tuman sudining raisi B.Vaxobov tomonidan ko`rib chiqilib, unga nisbatan qonun doirasida 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi R.Sdan jabrlanuvchi A.Sfoydasiga etkazilgan 26.771.290 so`m moddiy zarar undirish belgilandi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1