1

Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan dori-darmonlarni to`xtatib qolishdi

Jinoyat 25.06.2018, 17:21
Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan dori-darmonlarni to`xtatib qolishdi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” TIF bojxona postida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi bir nechta fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasidan jo`natilgan pochta jo`natmasi niqobi ostida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini deklarasiyada ko`rsatmasdan, noqonuniy olib kirishga urinish holatlari aniqlandi.

Jo`natmalarni bojxona nazoratining texnik vositadan foydalanib bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida “CN-23” shaklidagi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 965 konvalyutada va 751 qutida hamda 113 flakonda har xil dorilar borligi ma`lum bo`ldi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra mazkur dori-darmonlarning qiymati salkam 277 mln. so`mni tashkil etar ekan.

Shuningdek, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari “Almata- Toshkent” yo`lovchi poezdi yo`lovchilarining qo`l yuklarini bojxona nazoratidan o`tkazish paytida qo`shni davlat fuqarosi yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan hamda bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilmaganqiymati 27,5 mln. so`mdan ortiq 218 dona turli xil vitaminlarni olib kirishga uringani aniqlandi.Xuddi shu poezddagi boshqa bir yo`lovchi - qo`shni davlat fuqarosi qiymati 16 mln.so`mlik 1080 dona dori-darmonlarni bojxona bayonnomasida qayd etmasdan turib, yashirincha olib kirishga uringani aniqlandi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1