1

Surxondaryoda o`gay o`g`lini o`ldirib, hojatxonaga ko`mib yuborgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 29.06.2018, 14:12
Surxondaryoda o`gay o`g`lini o`ldirib, hojatxonaga ko`mib yuborgan shaxs qo`lga olindi

Surxondaryoda 11 yil oldin o`gay o`g`lini o`ldirib, hojatxona chuquriga ko`mib yuborgan shaxs qo`lga olindi, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, hodisa 2007 yilning oktyabr oyida yuz bergan.

Surxondaryo viloyatining Sho`rchi tumanida yashovchi Q.Sh. uyida birga yashagan 4 yoshli o`gay o`g`li Y.M.ning boshiga qo`li bilan urgan. Natijada bola erga yiqilib hushidan ketib, vafot etgan. Shundan so`ng Q.Sh. bola jasadini uyi oldidagi hojatxona uchun kavlangan chuqurga ko`mib tashlagan.Ko`rilgan choralar natijasida Q.Sh. ushlanib voqea joyi bo`lgan hovlisidan suyak qoldiqlari va qora rangli mato bo`laklari topib olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1