Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19–20-may kunlari rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi.
Kreml ma’lumotiga ko‘ra, tashrif yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 25-yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin ikki tomonlama munosabatlar, strategik hamkorlikni chuqurlashtirish hamda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, Putin Xitoy Davlat kengashi raisi Li Syan bilan ham uchrashib, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqadi.






