1

Pora bilan qo`lga olingan futbol maktabi direktoriga jazo qo`llandi

Jinoyat 17.07.2018, 17:21
Pora bilan qo`lga olingan futbol maktabi direktoriga jazo qo`llandi

Sudlanuvchi T.M 2014 yilning may oyidan Farg`ona viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Farg`ona shahar futbol bo`yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori lavozimiga tayinlangan. U fuqaro E.Pdan g`li va jiyanini maktab-internatiga o`qishga qabul qilishini va`da qilib, 600 AQSh dollari miqdoridagi pulni talab qilgan.

Shundan so`ng, 2017 yil 29 noyabr kuni fuqaro E.P direktori T.M o`g`li va jiyanini maktab-internatga o`qishga qabul qilish evaziga 600 AQSh dollari miqdorida pul mablag`larini talab qilayotganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur ariza yuzasidan tezkor-tergov guruhi tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, T.M 06.12.2017 yil kuni soat 18:15 larda o`zining boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinada, talab qilingan 600 AQSh dollari miqdoridagi pullardan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sudlanuvchi sud majlisida aybiga to`liq iqror va qilmishidan chin ko`ngildan pushaymon bo`lib ko`rsatma berdi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi sudlanuvchiga T.Mga O`zbekiston Respublikasi JK 210-moddasining 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo`llab, 1 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash xuquqidan mahrum qilinib, eng kam oylik ish xaqining etmish besh baravari, ya`ni 12.918.000so`m jarima jazosi tayinlandi.

Sh.Xashimov

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudining raisi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1