1

O`z o`g`lini o`ldirgan ota 10 yil ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat 18.07.2018, 15:36
O`z o`g`lini o`ldirgan ota 10 yil ozodlikdan mahrum etildi

Sudlanuvchi Sodiqov Ilhom (ismlar o`zgartirilgan) 2017 yil 4 noyabr kuni soat 18:00 larda yashash xonadonida 1984 yilda tug`ilgan o`g`li Sodiqov Axror mast holatda o`zining onasi Sodiqova Barno va turmush o`rtog`i Sodiqova Nozimalarga baland ovozda baqirib gapirayotganida, unga onasi va turmush o`rtog`iga baland ovozda gapirmasligini aytib, tanbeh berganida, A.Sodiqov uni urib-do`pposlab, tan jarohati etkazib, o`zining yashash xonasiga kirib ketgan.

Shundan so`ng, I.Sodiqov o`g`li A.Sodiqov urganligidan xo`rlanib, uni qasddan o`ldirish maqsadida xonadonda bo`lgan xo`jalik pichog`ini olib, o`g`lini yashash xonasiga kirib, divanda o`tirgan alkogol ichimlik ta`sirida og`ir darajada mastligi tufayli o`zini himoya qilishga qodir bo`lmagan ojiz ahvoldagi o`g`li A.Sodiqovni oldiga borib, uning ko`krak sohasiga qo`lidagi pichoq bilan ikki marotaba urib, tan jarohati etkazgan. Natijada A.Sodiqov olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining 2018 yil 28 martdagi hukmi bilan, sudlanuvchi I.Sodiqovga O`zbekiston Respublikasi JK 97-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan JKning 57-moddasi qo`llanib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

B.Ergashev,

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining sudyasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1