1

Samarqandda 10 ming dollarni noqonuniy sotgan valyutafurush qo`lga olindi

Jinoyat 25.07.2018, 11:51
Samarqandda 10 ming dollarni noqonuniy sotgan valyutafurush qo`lga olindi

Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida «Kamangaron» mahallasida yashovchi fuqaro G.A. tadbirga jalb qilingan fuqaro M.A.ga har bir AQSh dollarini 7850 so`mdan hisoblab, 10 000 AQSh dollarini 78 850 000 so`mga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Viloyat IIB bergan ma`lumotga ko`ra tezkor tadbir davomida G.A.dan jami 10 000 AQSh dollari daliliy ashyolar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.A. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi («Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish») 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1