1

Surxondaryoda ayol besh kunlik chaqalog`ini besh millionga sotmoqchi bo`ldi

Jinoyat 27.07.2018, 17:59
Surxondaryoda ayol besh kunlik chaqalog`ini besh millionga sotmoqchi bo`ldi

2018 yilning 26 iyul kuni fuqaro J.R.ning arizasiga asosan, Surxondaryo viloyati IIB JQB «Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish» bo`linmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan, deb xabar bermoqda «Daryo».

Angor tumani tibbiyot birlashmasi tug`uruqxona bo`limida A.N. ismli ayol besh kunlik o`g`il chaqalog`ini J.R.ga 5 000 000 (besh million) so`m pul evaziga sotmoqchi bo`lgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan.

Hozirgi vaqtda Angor tumanida yashovchi A.N. ismli shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1