Jizzax viloyatining Mirzacho`l tumanida 2 avgust kuni maktab o`quvchisini mashina urib ketdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Angren shahar Logistika markazida yashovchi G.L. “Kobalt” rusumli avtomashinasini “Jizzax-Paxtakor-Gagarin” yo`lining 83-km.da haydab ketayotib, piyoda, “Ipak yo`li” MFYda yashovchi maktab o`quvchisi X.M.ni urib yuborgan.
Natijada X.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.






