O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi va Yoshlar media markazi, Yoshlar ma`naviy tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan ijtimoiy roliklar va qisqa metrajli filmlar tanlovini e`lon qiladi.
Tanlovda:
- Ajdodlarga ehtirom,
- Milliy qadriyatlar,
- Zamonamiz qahramoni,
- “Bu – mening O`zbekistonim” hamda
- Yoshlar – kelajagimiz!
mavzulari bo`yicha 3 ta yo`nalishda ijodiy ishlar qabul qilinadi:
— havaskorlar tomonidan tayyor holda taqdim etilgan ijtimoiy roliklar;
— professionallar tomonidan suratga olingan tayyor ijtimoiy roliklar;
— ijtimoiy rolik va qisqa metrajli film ssenariysi.
Tanlovda 30 yoshgacha bo`lgan talabgorlar qatnashishi mumkin. G`oliblar munosib rag`batlantiriladi, ma`qullangan ssenariylar asosida ijtimoiy rolik va qisqa metrajli filmni suratga olish ishlari moliyalashtiriladi.
Ijodiy ishlar 2018 yilning 5 avgustidan 25 avgustiga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma`lumotni +99899 858-43-59 telefon raqami va www.yi.uz saytidan olishingiz mumkin.






