Yoshlar kitobxonligini oshirish masalasida tanlangan to`g`ri yo`lning ilk natijalarini joriy yilda ikkinchi marta o`tkazilayotgan “Yosh kitobxon” respublika ko`rik-tanlovi misolida ham ko`rish mumkin.
Xabaringiz bor, 12-14 iyul kunlari Respublikaning barcha tuman (shahar)larida O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi va qator tashkilotlar hamkorligida tanlovning saralash bosqichlari test sinovlari shaklida o`tkazilgan edi.
Shov-shuvlarga sabab bo`lgan ushbu tanlovda tashkilotchilar tomonidan bu yil ko`p sonli yoshlarning takliflari asosida 10-14 yosh toifasi ham qo`shildi. Bu esa kitob o`qishga qiziquvchilar sonini yanada oshirdi.
Tanlovning test shaklida o`tgan saralash bosqichlarida 3 ta yosh toifasi – 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifalari bo`yicha jami 5055 nafar ishtirokchi 86 va undan yuqori ball to`plab, ikkinchi, ya`ni tuman (shahar) bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritgan edi.
Endilikda aksar kitobxonlarimizni, loyiha kuzatuvchilarini tanlovning mahalliy bosqichi qanday tartibda o`tkazilishi qiziqtirmoqda.
Demak, joriy yilning 7-9-avgust kunlari Respublikaning barcha tuman shaharlarida “Yosh kitobxon” tanlovining mahalliy bosqichlari o`tkaziladi. Unda tuman (shahar)lar miqyosida saralash bosqichida 86 va undan yuqori ballni qo`lga kiritgan ishtirokchilar “O`zbek adabiyoti bilimdoni” hamda “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlari bo`yicha bellashadilar.
Har bir yosh toifasi bo`yicha yuqori ball to`plab, g`oliblikni qo`lga kiritgan bir nafardan ishtirokchi tanlovning hududiy bosqichiga yo`llanma oladi. Tanlovning shaffof, belgilangan me`zonlar asosida o`tishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.
uto; text-align:justify;text-indent:1.0cm;line-height:normal'>Tanlovda 30 yoshgacha bo`lgan talabgorlar qatnashishi mumkin. G`oliblar munosib rag`batlantiriladi, ma`qullangan ssenariylar asosida ijtimoiy rolik va qisqa metrajli filmni suratga olish ishlari moliyalashtiriladi.Ijodiy ishlar 2018 yilning 5 avgustidan 25 avgustiga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma`lumotni +99899 858-43-59 telefon raqami va www.yi.uz saytidan olishingiz mumkin.