AsosiyJamiyat

Toshkentdagi korxonalardan birida gaz ballon portladi, 3 kishi jarohatlandi

'Toshkentdagi korxonalardan birida gaz ballon portladi, 3 kishi jarohatlandi'ning rasmi

Joriy yilning, 5 avgust kuni soat 10:10 da Toshkent shahar Sergeli tumanidagi “Trest Bino qurilish” MChJ hududida gaz balloni portladi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, propan gaz balonidan gaz qoldiqlarni bo`shatish vaqtida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Chaqnash oqibatida, yaqin masofada ishlayotgan 3 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Quyidagilar jabrlanganlar: Mo`minov 1966 yilda tug`ilgan (80 % termik kuyish), Hakimov 1982 yilda tug`ilgan (27 %), Anakulov 1989 yilda tug`ilgan (27 %).

Jabrlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar