AsosiyJamiyat

Ertaga "Urganch" xalqaro aeroporti ochiladi

'Ertaga "Urganch" xalqaro aeroporti ochiladi'ning rasmi

"O`zbekiston havo yo`llari" MAK 8 avgustdan «Urganch» xalqaro aeroporti ochilishini ma`lum qiladi.

8 avgustdan "Urganch" xalqaro aeroporti ichki yo`nalishlar bo`yicha reyslarni qabul qilishni boshlaydi va shtat rejimida ishlaydi. Aeroportdan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga parvozlar 10 avgustdan qayta tiklanadi, deyiladi MAK xabarida.

Eslatib o`tamiz, 16 iyulda "Urganch" xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopilgandi va reyslar "Nukus" va "Buxoro" aeroportiga ko`chirilgandi. O`tgan vaqt ichida aeroport sun`iy uchish-qo`nish yo`lagining asfalt qoplamasini almashtirish bo`yicha ta`mirlash ishlari olib borildi.

    Boshqa yangiliklar