Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan tezkor ma`lumotni o`rganish asnosida jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida yashovchi Y.Zulfiya ismli shaxs uyini ta`mirlash vaqtida erto`ladan topib olgan 1921 yilga oid “Nagan” to`pponchasini 500 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lganida qo`lga olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu holat bo`yicha IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Tergov jarayonida 49 yoshli ushbu ayolni jinoyat sodir etishga nima majburlagani, uning sabab va omillariga aniqlik kiritiladi, deyiladi xabarda.
07.08.2018 14:55
Toshkentda o`q otar qurolni sotishga uringan ayol qo`lga olindi
