Joriy yilning 2 avgust kuni Buxorodagi eski taxta zavod o`rnidagi temir bozorida ikki qavatli bino quladi, deb xabar bermoqda "Nuz.uz".
Bino yonidagi avtoturargohda turgan mashinalarning majaqlanib ketgan suratlari o`sha kuniyoq ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo`lgandi. Guvohlarning aytishicha, hodisa yuz bergan vaqtda uning ichida odamlar bo`lgan.
Buxoro shahar IIBning ma`lum qilishicha, xususiy qurilish tashkiloti tomonidan savdo majmuasini qurish bo`yicha olib borilayotgan ishlar ikki qavatli ko`shni binoning qulashiga sabab bo`lgan.
«Fojeadan ikki kun avval quruvchilar chuqurligi 2,5 metr, o`lchami 17 metrga 15 metr bo`lgan kotlovan qazishni tugatishgan edi. Bu esa binoning qulashiga sabab bo`lgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo`lgan. Ular bino oldida to`xtab turgan Matiz va Tico avtomobillarining ichida bo`lgan», – dedi tergov bo`limi boshlig`i Rustam Ashurov.







