Hukumat qarori bilan Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat umumta`lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari to`g`risidagi nizom tasdiqlangan. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali ma`lum qilmoqda.
Nizomga muvofiq Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasi muassis tomonidan Xalq ta`limi vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabning 2-sinfi uchun hujjatlar 1-31 iyul kunlari, 5-sinfi uchun esa 1-20 iyul kunlari qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun o`quvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
ariza;
tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
086-U shakl bo`yicha tibbiy ma`lumotnoma;
3 x 4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
psixologik-pedagogik diagnostika daftari asosida o`quvchining qiziqishlari, o`quv fanlarini o`zlashtirishi haqida tasdiqlangan tavsifnoma;
yashash joyidagi fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organidan ma`lumotnoma;
ta`lim yo`nalishi bo`yicha o`quvchining iste`dod va iqtidorini ko`rsatuvchi ishlaridan namunalar, agar ular mavjud bo`lsa (nashr etilgan yoki qo`lyozma sifatida yozilgan she`rlar, hikoyalar, rasmlar va boshqalar).
Ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasasiga kirish uchun tanlovlar 5- 20 avgust kunlari oralig`ida o`tkaziladi.






