Davergeodezkadastr qo`mitasi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, intelektual salohiyatlarini ro`yobga chiqarish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek o`z g`oyalarini erkin bayon etishlarini ta`minlash maqsadida, “Yoshlar nigohi” shoiri ostida 3-5 avgust kunlari yoshlar forumi o`tkazildi.
Forumda qo`mita hududiy tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan 40dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Forum doirasida yoshlar bilan “Muammo va echim” munozarasi, “Mening g`oyam” viktorinasi, “Qo`mita kelajagi yoshlarni gohida” davra suhbati shuningdek, qo`mita Raisi Abdullaev Abdushukur Xamidovich hamda rais o`rinbosari Ruzmetov Maqsud Ismoilovich bilan ochiq muloqotlar o`tkazildi.
Qariyb 3 soat davom etgan ochiq muloqotda yoshlar o`zlarini qiynayotgan muammolar, sohadagi mavjud kamchiliklar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo`yicha takliflar, shuningdek, sohani rivojlantirishga qaratilgan g`oyalarini berishdi. Ushbu takliflar asosida Davergeodezkadastr qo`mitasining 2019 yilgi yoshlar dasturiga kiritilishi ko`zda tutildi. Shu bilan birga yoshlar tomonidan bu forumni yurtimizning har bir viloyatlarida davomiy o`tkazish taklif etilib bu o`zo`rnida qo`mita raisi tomonidan qo`llab-quvvatlandi.
“Yoshlar nigohi” forumida sohaning kelajagi bo`lgan yoshlar 2050 yilga sayohat qilishdi va geodeziya, kartografiya, kadastr yo`nalishlari budavrda qanday holatda bo`lishi to`g`risida bashorat qilishdi.


Ularning bashoratiga ko`ra 2050 yilda:
— O`zbekistonning 10 dan ortiq kosmik yo`ldoshlari bo`ladi;
— Er, geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalishi bo`yicha alohida ta`lim muassasalari faoliyat yuritadi;
— Kadastr o`lchamlarini aniqlash va chizmasini skaner qilgan holda shakllantiruvchi uskunalar paydo bo`ladi;
— O`zbekistonning Oyda o`z maydoni bo`ladi;
— Er maydonlarimizning 50% sug`oriladigan erlarga aylantiriladi;
— Dronlar maxsus pult yordamida inson boshqarilmaydi. U dastur yordamida belgilangan vazifani o`zi bajaradi;
— Er, geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalishida qo`llaniladigan barcha texnika uskunalari o`zimizda ishlab chiqariladi.






