AsosiyJamiyat

Hovlidagi somonxonada yuz bergan yong`in sabab, 7 yoshli qizaloq halok bo`ldi

'Hovlidagi somonxonada yuz bergan yong`in sabab, 7 yoshli qizaloq halok bo`ldi'ning rasmi

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 8 avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi E.H.ning uyi hovlisida joylashgan somonxonasida yong`in sodir bo`lgan.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in soat 18.30da o`chirilgan. Yong`in oqibatida somonxonaning 24 kv. metr maydoni yonib zarar ko`rgan.

Yong`in o`chirish vaqtida N.A.ning birga yashagan nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong`in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar