Bugun, 9 avgust kuni O`zbekiston-Tojikiston cherasini qurilish materiallari, maxsus texnika va jihozlar ortilgan yuk avto karvoni kesib o`tdi. Maqsad, qo`shni davlatda tibbiyot majmuasi qurish. Loyihani amalga oshirish esa O`zbekneftgaz AJga yuklatildi.
Avto karvon yo`lini kecha Buxorodan boshladi.
O`zbekiston Tojikiston janubida tibbiyot majmuasini beg`araz asosda qurib, Tojikistonga tomoniga topshiradi. Majmua 200 o`ringa mo`ljallanishi rejalashtirilgan.
Zamonaviy tibbiyot majmuasining Xatlon viloyatida qurilishi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o`rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish choralari to`g`risida”gi qarorining ijrosi doirasida amalga oshiriladi.
Qurilishning birinchi bosqichi doirasida yo`lga chiqqan avto karvon boshqa narsar qatori eskalator, treyler, muxandis-texnik xodimlar uchun mo`ljallangan maxsus vagonlar olib ketmoqda. Bundan tashqari, 15ta mutaxassis, ular orasida mexanizatorlar, er va tayyorgarlik ishlari bo`yicha tajribali ishchilar ham yo`lga tushgan.