AsosiyJamiyat

Toshkentdan Vladivostokka muntazam aviaqatnovlar joriy etiladi

'Toshkentdan Vladivostokka muntazam aviaqatnovlar joriy etiladi'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 15 sentyabrdan boshlab, haftasiga bir marta “Toshkent-Vladivostok-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha muntazam yo`lovchi qatnovlarini joriy etadi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Shu paytga qadar aviakompaniya mazkur yo`nalish bo`yicha charter qatnovlarini amalga oshirib kelayotgan edi.

Reyslar har tomonlama qulay “Boeing-767” samolyotlarida quyidagi jadval bo`yicha shanba kunlari amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

HY-707 Toshkent 08:30 - Vladivostok 20:10

HY-708 Vladivostok 22:00 - Toshkent 00:40 + 1

    Boshqa yangiliklar