AsosiyJamiyat

Endi har bir ayolga akusherlik va ginekologik ambulator yordam ko`rsatiladi

'Endi har bir ayolga akusherlik va ginekologik ambulator yordam ko`rsatiladi'ning rasmi

Xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, jumladan, ular salomatligini asrash davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lib kelgan...

– Ayollar maslahatxonalari Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar tuman, shahar markaziy ko`p tarmoqli poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari, shuningdek, Toshkent shahrining oilaviy poliklinikalari tuzilmasida tashkil etildi, – deydi Sog`liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig`i Marat Sodiqov.

Bundan asosiy maqsad homiladorlikka qadar, homiladorlik hamda tug`ruqdan keyingi davrda malakali akusherlik va ginekologik ambulator yordam ko`rsatishdir. Shuningdek, ushbu maslahatxonalar o`ziga biriktirilgan hudud aholisining reproduktiv salomatligini asrash hamda oilani rejalashtirish orqali ona va bola salomatligini ham muhofaza qilishadi.


Quvonarli jihati, endilikda ayollarimiz salomatligi doimiy nazoratga olinadi, bu boradagi muammolarni erta bartaraf etish choralari ko`rib boriladi.

    Boshqa yangiliklar