1

Toshkentda lisey direktori va uning o`rinbosari qo`lga tushdi

Jinoyat 14.08.2018, 14:35
Toshkentda lisey direktori va uning o`rinbosari qo`lga tushdi

Oliy ta`lim muassasalaridan birining qoshidagi Akademik lisey direktori – 36 yoshli Y.Alisher va uning o`rinbosari – 49 yoshli M.Alisher 2 000 AQSh dollari evaziga ushbu ta`lim dargohiga o`qishga olib kirib qo`yishni va`da bergani haqida huquq-tartibot organlariga ma`lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Shunga ko`ra Mirzo Ulug`bek tumani prokuraturasi va Toshkent shahar IIBB JQB Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi tomonidan tezkor tadbir rejasi ishlab chiqilib, gumonlanuvchi shaxslar talab qilingan xorijiy valyutani olayotgan vaqtda qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov ishi olib borilmoqda va gumonlanuvchilarning shu turdagi boshqa jinoiy ishlarga aloqadorligi o`rganilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko`ra jinoyatning asl sabablari va omillariga aniqlik kiritiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1