9-16 avgust kunlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan yozgi media-oromgoh o`z ishini davom ettiryapti.
Unda Yoshlar media markazi, Mening yurtim, Yoshlar, Sevimli, Zo`r-TV, hududiy teleradiokanallar, FM radiostansiyalaridan 150 nafar ijodkorlar qatnashmoqda.
«Navqiron jurnalistlar» media-oromgohi trenerlar tarkibi juda boy bo`lib, mahalliy va xorijiy mutaxassislar yoshlar hayotini yorituvchi seminar ishtirokchilariga dars o`tishyapti.