1

Korxona ishchilarining oylik maoshini o`g`irlagan haydovchi qo`lga olindi

Jinoyat 09.09.2018, 15:52
Korxona ishchilarining oylik maoshini o`g`irlagan haydovchi qo`lga olindi

2018 yil 6 sentyabr kuni noma`lum shaxs Qarshi shahrida joylashgan “Uzbekistan GTL” zavodida qurilish ishlarini olib borayotgan “Evro Engineering” kompaniyasining xizmat xonasi eshigini buzib kirib, u erdan 10 000 AQSh dollari va kompaniya ishchi-xizmatchilariga oylik maoshi sifatida berilishi kerak bo`lgan 46 171 000 so`m pullarni o`g`irlab ketgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchi, yuqoridagi kompaniyaning haydovchisi M.Ch. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1