Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma`lum bo`lishicha, 2018 yil 26 sentyabr kuni “Yangihayot” MFYda yashovchi Sh.O`. shahar hududida joylashgan buyum bozori oldida J.J. bilan o`zaro janjallashayotgan vaqtida ularni ajratmoqchi bo`lib kelgan J.J.ning onasiga pichoq bilan jarohat etkazishi natijasida ayol kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Sh.O`. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.






