1

Kollej direktori 150 AQSh dollari pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 02.10.2018, 14:41
Kollej direktori 150 AQSh dollari pora bilan qo`lga tushdi

28 sentyabr kuni Romitan tumanidagi qurilish va transport kasb-hunar kolleji direktori vazifasini bajaruvchi Nodirjon Jo`raev 150 AQSh dollari pora olayotgan vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan qo`lga olindi.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati tomonidan ma`lum qilinishicha, N. Jo`raev 1989 yilda tug`ilgan fuqaro U. Hayitovdan uning turmush o`rtog`i G. Hojievani mazkur kollejga o`qituvchi vazifasida ishga qabul qilish evaziga ta`magirlik yo`li bilan 150 AQSh dollari talab qilgan. U150 AQSh dollarini olayotgan vaqtda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N. B. Jo`raevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1