Meksikaga Tinch okeanidan Villa to`foni kirib kelmoqda, deya xabar qilmoqda Mir24.tv nashri.
Tabiiy ofat sayyohlar gavjum bo`lgan kurortlarga yopirilib binolarga katta zarar etkazgan. Shu tufayli minglab kishilar shu turar joylarini vaqtincha tashlab boshqa joylarga ketishga majbur bo`lishmoqda. Sayyohlar ham zudlik bilan hududni tark etishmoqda. Villa bo`ronining tezligi soatiga 120 km.ga etdi. U so`nggi 5 yil ichidagi mamlakatga yopirilgan eng kuchli to`fon sifatida qayd etilmoqda. Qurbonlar va jarohat olganlar to`g`risida rasmiy ma`lumotlar yo`q.






