Ekvadorning Banos shahrida joylashgan San-Martin hayvonot bog`ida katta yong`in kelib chiqdi, deb xabar qilmoqda TASS nashri.
Alanga qisqa fursatda atrofga tarqashni boshlagan. Natijada bog`dagi mingdan ziyod jonivorlar hayoti xavf ostida qoldi. O`t o`churuvchilar voqea joyiga etib kelgunga qadar barcha hayvonlarni hududdan tashqariga olib chiqishga urinishdi. Bu ishga esa hayvonot bog`iga kelgan ko`ngillilar ham ko`maklashishgan. Bog`ga katta zarar etgan bo`lishiga qaramay, o`z vaqtida qilingan say-harakatlar natijasida barcha jonivorlarning hayoti saqlab qolindi.






