AsosiyDunyo

Iroqning Mosul shahrida sodir etilgan portlash oqibatida odamlar qurbon bo`ldi

'Iroqning Mosul shahrida sodir etilgan portlash oqibatida odamlar qurbon bo`ldi 'ning rasmi

Iroqning Mosul shahrida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 6 kishi qurbon bo`ldi, deb xabar qildi Ren.tv nashri.

Bundan tashqari, 30 kishi yaralangan. Portlovchi moddalar bilan to`ldirilgan mashina shahar markazidagi restoranlardan biri oldida portlatib yuborilgani xabar qilinmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi qurbonlar soni ortishi mumkinligini ta`kidlagan. Hozircha ushbu hujum uchun javobgarlikni hech bir terroristik tashkilot o`z zimmasiga olgani yo`q. Biroq Mosul shahri general-mayori Najim al-Jaburiy mazkur xunrezlikda islomiy davlat terroristik guruhini ayblamoqda.

    Boshqa yangiliklar