AsosiyDunyo

Kolumbiyada ko`chki sodir bo`ldi

'Kolumbiyada ko`chki sodir bo`ldi 'ning rasmi

Kolumbiyaning shimoli-sharqiy qismida ko`chki sodir bo`ldi, deya ma`lum qildi The Sacramento Bee nashri.

Buning oqibatida esa 9 kishi nobud bo`lgan va yana kamida 15 nafar inson bedarak yo`qoldi. Kolumbiya tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda. So`nggi 3 hafta davomida yog`ingarchiliklar mavsumi tufayli ketma-ket er ko`chkilari ro`y bermoqda. Natijada umumiy hisobda 280 ta oila zarar ko`rgan.

    Boshqa yangiliklar