AsosiyJamiyat

Qish va bahor mavsumida aholi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlanadi

'Qish va bahor mavsumida aholi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlanadi'ning rasmi

Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Qarorga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan ichki iste`mol bozorining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlanish darajasi oziq-ovqat resurslarini ishlab chiqarish va ishlatishning prognoz ko`rsatkichlari orqali baholash tartibijoriy etiladi.

Shuningdek qaror bilan 2018-2019 yillar qish va bahor mavsumiga:

  • asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg`arishning umumiy prognoz hajmlari va tayyorlov tashkilotlari bo`yicha prognoz hajmlari;
  • “O`zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hududiy tashkilotlarining, hududiy tayyorlov tashkilotlarining asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg`arish prognoz hajmlari;
  • sog`liqni saqlash va ta`lim muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo`jaligi maxsulotlarini zaxiraga jamg`arish prognoz hajmlari;
  • asosiy turdagi qishlok xo`jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) zaxiraga jamg`arishning reja jadvali tasdiqlandi.

Xususan, aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlash maqsadida 2018-2019 yillar qish va bahor mavsumiga 222 ming 409 tonna kartoshka, 120 ming 676 tonna piyoz, 91 ming 617 tonna sabzi, 66 ming 475 tonna guruch zaxira qilib qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar