Yaponiyaning Kavasaki shahrida ikki yoshli bolakay to`qqizinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi.
Ma`lum bo`lishicha, onasi qo`shninikiga chiqqanida uyda yolg`iz qolgan bola balkonning derazasini ochishni uddalagan va undagi panjara to`siq orasidan sirg`alib pastga tushib ketgan.
Xabarda go`dak tuprog`i yaqinda ag`darilgan o`tloq ustiga tushgani aytilmoqda.
Shu uyda yashovchi ayol o`tloqda yotgan go`dakni ko`rib qolib, zudlik bilan “tez yordam” chaqirgan, bolaning faqat oyog`i singani aytilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan voqea tafsilotlari o`rganilmoqda.






