AsosiyJamiyat

O`zbekiston — Xitoy: harbiy kadrlar tayyorlash masalasida hamkorlikni kuchaytiradi

'O`zbekiston — Xitoy: harbiy kadrlar tayyorlash masalasida hamkorlikni kuchaytiradi'ning rasmi

O`zbekiston mudofaa vazirining o`rinbosari Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegasiyasi Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo`ldi.

Tashrif davomida delegasiya Xitoy Xalq Respublikasi Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki mamlakat oliy harbiy ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldi. Mazkur hamkorlik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, shuningdek, o`zaro tajriba almashish kabi masalalarda sezilarli darajada oldinga siljishni ta`minlab berishi kutilmoqda.

photo_2018-10-27_18-15-15.jpg

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, o`zbekistonlik harbiylar Pekin shahridagi Harbiy havo kuchlari akademiyasi hamda Milliy mudofaa institutida ham bo`lib, Xitoy oliy harbiy ta`lim muassasalari mutasaddilari bilan ikki mamlakat tinglovchilarini masofadan turib o`qitish, o`qituvchilarning ikki davlatga tashrifi davomida seminar-trening mashg`ulotlarini olib borishi bo`yicha meromandum imzolashga kelishib olindi.

photo_2018-10-27_18-15-47.jpg

Eslatib o`tamiz, so`nggi vaqtlarda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi bir qator xorij mamlakatlarining oliy harbiy ta`lim dargohlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha sezilarli amaliy ishlarni olib bormoqda. Xususan, oktyabr oyining o`zida Germaniya hamda Pokiston davlatlarining oliy harbiy bilim yurtlarining professor-o`qituvchilari O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo`lib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo`lgan maqsadli rejalarni belgilab olishgan edi.

    Boshqa yangiliklar