AsosiyShou-biznes

Eminem 42 yoshda

Amerikalik reper, musiqiy prodyuser, kompozitor va aktyor Eminem 1972 yilning 17 oktyabrida Missuri shtatidagi Sent-Jozef shaharchasida dunyoga kelgan. Uning asl ismi Marshall Bryus Meters III.

U musiqiy albomlari butun dunyoga sotiladigan qo`shiqchilar sirasiga kiradi. Ota-onasi turmush qurgan vaqtda Eminemning onasi Debbi Nelson 15 yoshda edi. Oilada farzand tug`ilgach, reperning otasi Marshall  Meters uni tashlab ketadi va bolakayga otasining sharafiga Marshall Bryus Meters deb ism berishadi.

Shundan so`ng, bolakayning tarbiyasi bilan onasi va uning yaqinlari shug`ullanishadi.

Eminem 12 yoshga to`lganida uning oilasi Detroytga ko`chimb o`tadi va u maktabdagi tanaffuslarda rep-fristayl o`qishni boshlaydi. Ikki yil o`tgach u maktabni butunlay tashlab ketadi va mahalliy radioda pul ishlab topishga tushadi.

1995 yili Soul Intent guruhining a`zosi sifatida debyut qo`shig`ini kuylaydi. 1999 yili esa uning ilk Slim Shady LP albomi chiqadi va unga katta mashxurlik olib keladi. Albom uni AQSh ommasi oldida mashxurlik cho`qqisiga olib chiqadi. Eng muhimi Eminem Aftermath Entertainment kompaniyasi bilan shartnoma tuzishga erishadi.

Ayni damda reperning 10 ta musiqiy albomi bor. 2002 yilning kuz oyilarida u “8-milya” komli avtobiografik filmini suratga oldi. Ushbu film uchun yozilgan Lose Yourself qo`shig`i uchun u “Oskar” mukofotini qo`lga kiritgan.

Eminem The Marshall Mathers Foundation-omadsiz oilalarning farzandalriga ko`mak beruvchi fondni tashkil qilgan. Bugungi kunda Eminem 13 ta “Gremmi” mukofotiga va yana bir qator boshqa mukofotlarga ega. 

    Boshqa yangiliklar