1

O`zbekistondan Fransiyaga avia parvozlar soni ko`paydi

Jamiyat 30.10.2018, 18:06
O`zbekistondan Fransiyaga avia parvozlar soni ko`paydi

“O`zbekiston havo yo`llari" 2018 yil 30 oktyabrdan Toshkent-Parij-Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.

Parvozlar seshanba va juma kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

HY-251: Toshkent 14:30 – Parij 17:40;

HY-252: Parij 19:10 – Toshkent 06:00.

Ikki tomonga aviachiptaning narxi 508,50 evrodan boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston prezidenti imzolagan farmonga muvofiq 5 oktyabrdan Fransiya fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga vizasiz rejim kuchga kirgandi.

Bu qaror O`zbekiston va Fransiya o`rtasida o`zaro madaniy, ilmiy va ta`lim sohalaridagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1