AsosiyDunyo

Qo`shnilar 4 metrli timsoh hujum qilgan ayolni tayoq yordamida qutqarishdi

'Qo`shnilar 4 metrli timsoh hujum qilgan ayolni tayoq yordamida qutqarishdi'ning rasmi

Hindistonning Odisha shtatida yashovchi ayolga 4,6 metrli timsoh hujum qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Ayol uyi yonida joylashgan kanalda yuvinayotganda unga timsoh hujum qilgan. Ayolning baqirganini eshitgan qo`shnilar yordamga shoshilishgan. Ular timsohni bambuk tayog`i bilan haydashgan. Ayolning o`ng qo`li jiddiy jarohat olganligi sababli kasalxonaga yotqizilgan. Mahalliy aholi hukumatdan bunday ko`ngilsiz holatlarning oldini olishni talab qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar