AsosiyJamiyat

"Baltiyskaya sellyuloza" O`zbekistonga yiliga 23 ming tonna qog`oz etkazib beradi

'"Baltiyskaya sellyuloza" O`zbekistonga yiliga 23 ming tonna qog`oz etkazib beradi'ning rasmi

2018 yilning 18-19 oktyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga qilgan davlat tashrifi O`zbekiston va Rossiya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqdi.

O`tkazilgan yuqori darajadagi uchrashuvlarda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, turli sohalarda yangi qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, O`zbekiston va Rossiya hududlari hamda ishbilarmon doiralari o`rtasida yirik investisiya va savdo shartnomalari tuzildi. Bir qator sohalarda, xususan, hududlar kesimida hamkorlikda faoliyat yuritish, oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish bo`yicha aloqalarni mustahkamlash bo`yicha samarali kelishuvlarga erishildi.

Mana shu tashrif samarasi o`laroq, 2018 yil 31 oktyabr kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriev qog`oz etkazib berish bo`yicha eng yirik rossiyalik hamkor tashkilot “Baltiyskaya sellyuloza” komipaniyasi Bosh direktori o`rinbosari Elena Lexnovich boshchiligidagi vakillar bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuvda 2019 yilda O`zbekistonda katta miqdordagi maktab darsliklari, badiiy, bolalar va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar nashr qilinishi, albatta, buning uchun zarur bo`ladigan qog`oz mahsulotlarini xarid qilish hamda etkazib berish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shu kunning o`zida “Baltiyskaya sellyuloza” kompaniyasi vakillari O`zMAA tizimidagi nashriyot-matbaa korxonalari rahbar va mutaxassislari bilan uchrashib, kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli rejalarini muhokama qilishdi.

Ma`lumot uchun aytish kerakki, mazkur tashkilot Rossiya va MDH respublikalariga sellyuloza va qog`oz mahsulotini etkazib beruvchi eng yirik bo`lgan kompaniya bo`lib, O`zbekistonning davlat va nodavlat matbaa korxonalari bilan 15 yildan beri hamkorlik qiladi. Bu kompaniya respublikamizdagi matbaa korxonalariga bir yilda 23,0 ming tonnadan ziyod ofset va gazeta qog`ozini etkazib beradi.

“Baltiyskaya sellyuloza” kompaniyasi 10 ta davlatdagi 24 ta qog`oz ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yganligi, Rossiya va MDHning 9 ta, shuningdek, Shvesiya, Finlandiya, Avstriya, Germaniya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy, Indoneziya, Chexiya, Hindiston, Yaponiya kabi ilg`or davlatlarning matbaa korxonalariga qog`oz mahsulotlarini etkazib berishi bilan ham alohida ahamiyatga molik.

    Boshqa yangiliklar