AsosiyJamiyat

Uch ayol qullikdan qutqarib qolindi

'Uch ayol qullikdan qutqarib qolindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, kuni kecha aldov yo`li bilan olib chiqib ketilayotgan uch nafar ayol to`xtatib qolingan.

Toshkent viloyati Qibray tumani “Zafarobod” mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan “Mayskiy” chegara posti orqali 28 yoshli J.U Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumanida yashovchi 32 yoshli N.O, 28 yoshli O.N. va Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi 26 yoshli M.R.ni xorijda “yaxshi daromadli ish” topib berishni va`da qilib, ularni Qozog`iston Respublikasi hududiga olib o`tib ketayotgan vaqtida to`xtatib qolindi.

Uch nafar ayol ham O`zbekiston hududiga qaytarildi. Bu ularning qullikka giriftor bo`lishidan qutqarib qolindi, degani.

J.U.ga nisbatan esa O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning odam savdosi bilan bog`liq moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar